Yangi o'quv yili aksiyasi: 30-sentyabrgacha ro'yxatdan o'tganlarga narx qulflanadi + Excel'dan bepul migratsiya Batafsil →
Hisobotlar va tahlil

Raqamlar Excel'da emas — tizimning o'zida

Oy oxirida kalkulyator bilan o'tirish shart emas: daromad, xarajat, qarzdorlik va filiallar natijasi har kuni o'zi hisoblanib boradi. Kerak bo'lsa Excel'ga chiqarasiz.

director.educationcrm.uz/branch-analyticsDirektor paneli
Filial tahlili: o'quvchilar kelib-ketishi va oylik to'lovlar grafigi

Tizimning haqiqiy ekrani · ma'lumotlar namunaviy markazniki

Nima beradi

Filiallar solishtiruvi

Qaysi filial foyda keltiryapti, qaysi biri zarar — oy kesimida yonma-yon ko'rinadi.

O'quvchilar oqimi

Nechta o'quvchi keldi, nechtasi ketdi va sof o'sish qancha — har oy uchun alohida.

Daromad va xarajat

Tushum, o'qituvchi ulushi, xarajatlar va sof foyda bitta ekranda.

Excel eksport

Har qanday hisobotni XLSX/CSV qilib yuklab olasiz — buxgalteriyaga tayyor.

Qanday ishlaydi

1

Ma'lumot o'zi yig'iladi

Davomat, to'lov va xarajat kiritilgani zahoti hisobotga tushadi — alohida kiritish kerak emas.

2

Kesimni tanlaysiz

Oy, yil, filial yoki guruh bo'yicha filtrlaysiz; grafik va jadval bir vaqtda yangilanadi.

3

Qaror qabul qilasiz

Zararsizlik nuqtasi va filial natijasiga qarab guruh, narx yoki xarajatni o'zgartirasiz.

Tez-tez so'raladigan savollar

Hisobotlar qanchalik tez yangilanadi?+
Darhol. To'lov qabul qilingan zahoti balans va oylik daromad raqami o'zgaradi — kun oxirini kutish shart emas.
Bir nechta filialni birga ko'ra olamanmi?+
Ha. Direktor panelida barcha filiallar bitta jadvalda solishtiriladi, kerak bo'lsa bittasini tanlab chuqurroq ko'rasiz.
Ma'lumotni Excel'ga chiqarish mumkinmi?+
Ha, hisobotlar va audit jurnali CSV/XLSX formatda yuklab olinadi.
Sinab ko'ring

Hisobotlarni o'z markazingiz ma'lumotida ko'ring

Excel faylingizni import qilamiz va birinchi hisobotlar bir necha daqiqada tayyor bo'ladi.

30 kun bepul · karta yo'qBoshlash
Savol bormi? Ish kunlari 09:00—20:00