Alohida bot, alohida to'lov jadvali, alohida Excel — kerak emas. Modullar bir-biriga ulangan: davomat olindi → menejer panelida ko'rindi → o'quvchining raqamiga SMS ketdi.
Quyida faqat hozir ishlayotgan imkoniyatlar sanalgan — va'da qilingan rejalar emas.
O'quvchi kartasida guruhi, davomati, baholari, to'lov tarixi va qarzi turadi. Guruhni xona va o'qituvchiga bog'lasangiz, butun semestr darslari o'zi yaratiladi.

O'qituvchi davomat, dars bahosi, uy vazifasi va faollik bahosini bitta ekranda qo'yadi. Davomat dars boshlangandan keyin va 48 soat ichida olinadi.

To'lov qabul qilinadi, chek chiqadi, qarz kamayadi va markaz balansi darhol yangilanadi. Kunlik kassa bilan oylik hisobot bitta manbadan hisoblanadi.

Qarz muddati, kechikish, to'lov tasdig'i — jami 9 ta hodisa uchun SMS avtomatik ketadi. Shablonni o'zingiz yozasiz, o'zgaruvchilar matnga o'zi qo'yiladi.

Kunlik kassa, oylik tushum va chiqim, filiallar solishtiruvi hamda zararsizlik nuqtasi — hammasi siz kiritgan ma'lumotdan hisoblanadi.

O'quvchi jadval, davomat, baho, to'lov va coin balansini ilovada ko'radi. O'qituvchi esa telefondan davomat oladi, baho qo'yadi va test yaratadi.

Guruh ochilishidan yakunlanishigacha bo'lgan yo'l: jadval, xona, o'qituvchi va o'quvchilar harakati.
Guruhni saqlaysiz — tizim kurs davomiyligi va tanlangan hafta kunlari asosida butun semestr darslarini sana, vaqt va dars raqami bilan o'zi yozib chiqadi.
Bir xonaga yoki bir o'qituvchiga ikkita guruhni bir vaqtga qo'yib bo'lmaydi: tizim qaysi guruh bilan kesishayotganini aytib, saqlashni to'xtatadi.
Bayram va dam olish kunlarini bir marta kiritasiz — o'sha kunga tushgan darslar keyingi ish kuniga o'zi suriladi.
Bitta darsni boshqa sana yoki vaqtga ko'chirasiz, boshlanmagan darsni o'chirasiz yoki sababi ko'rsatilgan qo'shimcha dars qo'shasiz — bepul yoki pullik qilib.
Dars ko'chirayotganda qaysi xonalar bo'shligi va o'qituvchining o'sha kungi darslari shu ekranda ko'rinadi.
Bosh sahifada kun bo'yicha barcha guruh darslari vaqti, o'qituvchisi va xonasi bilan bitta kalendarda turadi.
Xonalarni sig'imi bilan yuritasiz, ta'mir kunlarini belgilaysiz; qaysi guruh qachon qaysi xonada bo'lgani tarixda qoladi.
Kurslar narxi va davomiyligi bilan yuritiladi; rejalashtirilgan darslar tugaganda guruh o'zi yakunlangan holatiga o'tadi va kerak bo'lsa jadvali bilan tiklanadi.
O'quvchini bittalab yoki ro'yxat bilan guruhga qo'shasiz, sabab ko'rsatib ko'chirasiz; kim qachon qaysi guruhga kirgani va chiqqani tarixda saqlanadi.
Sababli qoldirilgan dars uchun qoplash darsi sana, sabab va o'qituvchi bilan belgilanadi hamda uning o'tkazilgani kuzatib boriladi.
Dars jurnali o'qituvchining ekranidan menejerning hisobotigacha bitta yozuv bo'lib boradi.
Har o'quvchi uchun keldi, kelmadi, kechikdi yoki sababli belgilanadi; kechikish daqiqasi va sabab yoziladi, dars bo'yicha davomat foizi o'zi hisoblanadi.
O'qituvchi davomat, dars bahosi, uy vazifasi holati va faollik bahosini bitta ekranda qo'yadi — hammasi bitta saqlash bilan yoziladi.
O'qituvchi telefonda yoki veb-panelda davomat olishi bilan o'sha yozuv menejer paneliga ham tushadi — ikki joyda ikki xil raqam chiqmaydi.
Dars boshlanganidan 20 daqiqa o'tib davomat olinmasa, menejer va o'qituvchiga panelda ogohlantirish tushadi.
Davomat faqat dars boshlangandan keyin va 48 soat ichida olinadi; dars tugagandan necha daqiqa kech olingani yozuvda qoladi.
Kim sababli, kim sababsiz qoldirgani alohida sahifada turadi: bir nechtasini belgilab bitta matn bilan xabar yuborasiz, kimga qachon yuborilgani tarixda qoladi.
Dars, uy vazifasi va faollik bahosi 1 dan 5 gacha qo'yiladi, umumiy baho o'zi hisoblanadi; har dars uchun guruh o'rtachasi chiqadi.
Har o'quvchi uchun umumiy ball, guruhdagi o'rni va darajasi hisoblanadi, guruhlar o'rtacha ball bo'yicha taqqoslanadi va 6 oylik tendensiya ko'rinadi.
Bir kun bo'yicha barcha guruhlar kesimida kelgan, kelmagan va kechikkanlar soni hamda umumiy davomat foizi chiqadi; o'quvchi kartochkasida esa u sababsiz qoldirgan darslar sanalari bilan turadi.
Menejer istalgan guruh uchun davomat yozuvini yaratadi, tahrirlaydi yoki o'chiradi va guruhning oylik davomatini kalendar ko'rinishida ko'radi.
O'qituvchi ruxsat so'ramasdan test tuzadi, tizim tekshiradi, o'quvchi esa coin yig'adi.
Rasmli savol va variantlar, har savolga ball, test davomiyligi, o'tish balli va kirish turi — ochiq, maxfiy kod yoki login-parol.
O'quvchi testni ilovada topshiradi, tizim javoblarni o'zi tekshiradi, foiz va ball chiqarib o'tish balliga qarab o'tdi yoki o'tmadi deb belgilaydi.
O'qituvchi kim necha ball olganini ko'radi va kerakli natijani o'chirib tiklay oladi; o'quvchi ilovasida umumiy reyting jadvali chiqadi.
O'qituvchi aniq darsga imtihon ochadi, ichiga bir nechta test qo'shadi, holatini o'zgartiradi va natijalarini ko'radi.
Darsga kelgani, uy vazifasini bajargani, testdan yaxshi ball olgani va to'lovni muddatida qilgani uchun coin beriladi — har qoida uchun necha coin berilishini o'zingiz yozasiz.
Yig'ilgan coin belgilangan kurs bo'yicha to'lovda chegirma bo'ladi yoki sovg'aga almashtiriladi; sovg'a so'rovini menejer tasdiqlaydi, chegirma chekda alohida qator bo'lib chiqadi.
Kassadan oylik hisobotgacha bitta zanjir: to'lov yoziladi, qarz kamayadi, balans o'zgaradi.
Kun oxirida kassaga naqd va karta bo'yicha qancha tushgani hamda qancha chiqqani — xarajat, maosh, avans va qaytarim — bitta ekranda chiqadi.
Direktor oy tanlab tushum, besh turdagi chiqim taqsimoti, sof foyda, markaz balansi va to'lagan hamda qarzdor o'quvchilar sonini bitta sahifada ko'radi.
Kunlik, oylik va yillik kesimda tushum bilan chiqim solishtiriladi — qaysi davrda foyda, qaysisida zarar bo'lgani grafikda ko'rinadi.
Har filialning kirimi, qaytarimi, o'qituvchi ulushi, xarajati va sof foydasi hamda 12 oylik kelgan va ketgan o'quvchi oqimi bitta jadvalda taqqoslanadi.
Naqd, karta yoki o'tkazma bilan to'liq yoki qisman to'lov olasiz: qarz o'zi kamayadi, ortiqcha to'lashga yo'l qo'yilmaydi va markaz nomi bilan chek chop etiladi.
Foizli yoki aniq summali chegirma qo'llaysiz — u chekda ko'rinadi va qarz daftaridan ham ayiriladi, ya'ni soxta qarz qolmaydi.
O'quvchi guruhga qo'shilganda va har oy shu oy uchun qarz yozuvi o'zi ochiladi (muddat — oyning 10-sanasi), to'lov kelganda esa qarz kamayadi yoki yopiladi.
Kim, qaysi guruhga, qancha qarzdor ekani ro'yxatda turadi; muddat yaqinlashganda o'quvchiga har kuni soat 09:00 da avtomatik SMS ketadi.
O'quvchini chiqarayotganda tizim bir dars narxini hisoblab, o'qilmagan darslar uchun qaytariladigan summani taklif qiladi; takroriy qaytarim bloklanadi.
Ortiqcha to'langan pul o'quvchi hamyoniga tushadi va keyingi to'lovda ishlatiladi; arxivga olishdan oldin esa har guruh bo'yicha qancha o'zlashtirdi, qancha to'ladi va qancha qaytarish kerakligi ko'rsatiladi.
Menejer sabab va summa bilan xarajat so'rovini yuboradi, direktor tasdiqlaydi yoki rad etadi — tasdiqlangani kunlik va oylik hisobotdagi chiqimga o'zi tushadi.
Har to'lov tushganda balans ko'payadi, maosh, avans, xarajat va qaytarimda kamayadi — har hodisa faqat bir marta hisoblanadi.
Maosh guruh tushumidan hisoblanadi, avans o'zi ushlanadi, o'qituvchi esa hammasini o'zi ko'radi.
Har o'qituvchiga belgilangan oylik, guruh tushumidan foiz yoki ikkalasini birga qo'yasiz; foiz qaytarimlar ayirilgan sof tushumdan hisoblanadi.
Oy o'rtasida summa, oy, to'lov usuli va izoh bilan avans berasiz; berilgan avanslar ro'yxati va statistikasi alohida turadi, kerak bo'lsa bekor qilinadi.
Maosh hisoblanganda berilgan avans o'zi ayiriladi va jami maosh minus avans bo'lib chiqadi.
O'quvchiga pul qaytarilganda o'qituvchi allaqachon olgan ulushini uning hisobidan ushlab qolish mumkin.
O'qituvchi guruhlaridan tushgan to'lovlarni, maoshi va avanslarini hamda balansi harakatini o'z panelida va ilovada ko'radi.
Direktor balans yonida hisoblangan-u hali to'lanmagan o'qituvchi ulushini, undan keyingi sof qoldiqni va eng ko'p qarzdor 10 o'qituvchini ko'radi.
Direktor Moliya sahifasida menejerni tanlab oy va summa bilan maosh to'laydi — bu summa oylik hisobotdagi chiqimga tushadi.
Xabar tizimdan o'zi ketadi: markaz o'z SMS hisobini va o'z Telegram botini ulaydi.
Dars qoldirish (sababli va sababsiz), kechikish, to'lov, qisman to'lov, qarz muddati, guruhga qo'shish, chetlatish va guruh almashtirish — markaz qaysi hodisani yoqsa, o'shanda SMS o'zi ketadi.
Har hodisa uchun matnni o'zingiz yozasiz va unga ism, guruh, ustoz, qarz miqdori, sana kabi o'zgaruvchilarni qo'yasiz — yuborishda ular haqiqiy qiymatga almashadi.
smsxabar.uz login-parolingizni kiritib test SMS bilan tekshirasiz — shundan keyin barcha SMS shu hisobdan ketadi; ulamasangiz platformaning umumiy hisobi ishlaydi.
Guruhga yoki tanlangan o'quvchilarga bitta matnni ommaviy yuborasiz; shablon tanlaganingizda matn haqiqiy qiymatlar bilan to'lib ekranda ko'rinadi.
Nomlangan shablonlar kutubxonasi, yuborilgan har SMS jurnali va bir xil xabar bir soat ichida ikkinchi marta ketmasligi kafolati bor.
BotFather'dan olingan tokenni panelga kiritasiz — bot tekshiriladi va markazga bog'lanadi; har markaz o'z boti bilan ishlaydi.
O'quv guruhini uning Telegram chatiga bog'laysiz: dars boshlanishiga 3 soat qolganda eslatma, davomat olingandan keyin esa kim keldi yoki kelmadi hisoboti o'sha chatga tushadi.
Panelda matn yozib Telegram guruhga darhol yuborasiz yoki keyingi dars vaqtiga rejalashtirasiz; yuborilgan xabarlar tarixi shu yerda turadi.
O'quvchi ilovadan menejeriga yozadi — mavzu tanlaydi, rasm biriktiradi, istasa anonim yuboradi; menejerda kelgan xatlar qutisi, javob berish va holat belgilash bor.
O'quvchi va o'qituvchi uchun Android ilova — kompyuter oldiga o'tirish shart emas.
O'quvchi ilovada haftalik dars jadvalini (bayramlar hisobga olingan), keyingi darslarini, oylik davomat kalendarini va batafsil baholarini ko'radi.
To'lovlar tarixi, qarz, hamyon qoldig'i va yig'ilgan coinlar ilovada ko'rinadi; coinni sovg'aga almashtirish ham shu yerdan so'raladi.
O'quvchi testni ilovadan topshiradi, natijasini darhol ko'radi va umumiy reyting jadvalida o'z o'rnini kuzatadi.
O'qituvchi telefonda guruhlari va jadvalini ko'radi, davomat bilan bahoni bitta ekranda qo'yadi hamda maoshi va avanslarini tekshiradi.
Dars boshlanganda telefon signal beradi va davomat olinmaguncha har 10 daqiqada takrorlaydi.
O'qituvchi telefonning o'zidan test yaratadi va natijalarni ko'radi — testni faqat kompyuterda tuzish majburiyati yo'q.
Menejer guruh yoki tanlangan o'quvchilar bo'yicha nechtasida ilova o'rnatilganini ko'radi va SMS'ni faqat ilovasi yo'qlarga yuborib, xarajatni kamaytiradi.
Marketolog uchun alohida panel, alohida login: ariza formasidan o'quvchi bo'lgunicha.
Marketing menejer paneli ichidagi bo'lim emas — alohida sayt va alohida login: marketolog o'z hisobi bilan kiradi yoki menejer o'z panelidan bir bosishda o'tadi.
Har ariza karta bo'lib bosqichlar bo'ylab suriladi: yangi, bog'lanildi, sinov darsi, keldi, o'quvchi bo'ldi, yo'qotildi — kartaga izoh, mas'ul va keyingi aloqa vaqti qo'shiladi.
Ariza formasini sichqoncha bilan yig'asiz: 6 tayyor dizayn shabloni, sudraladigan bloklar (logo, sarlavha, maydonlar, kurslar ro'yxati, tugma), rang, fon va shrift.
Har formaning o'z havolasi bor — Instagram bio'ga qo'yasiz yoki QR kodini flayerga chop etasiz; kelgan ariza to'g'ridan-to'g'ri kanbanda paydo bo'ladi.
Qaysi kanal qancha ariza va qancha haqiqiy o'quvchi berganini foizda ko'rasiz; xodimlar kesimida konversiya va birinchi javob tezligi ham chiqadi.
Ariza yo'qolganda sabab tanlanadi — narx, javob bermadi, vaqt mos emas, boshqa markaz — va eng ko'p uchragani statistikada chiqadi.
Ariza o'quvchi bo'ldi bosqichiga o'tkazilganda guruh tanlanadi va tizim o'quvchi hisobini yaratib guruhga qo'shadi.
Marketing administratori jamoasini qo'shadi, parolini tiklaydi, bloklaydi va har xodimga alohida ruxsat beradi: formalar, arizalar, statistika, o'chirish.
Kim nimani ko'rishi katakcha bilan sozlanadi, filial doirasi esa backendda majburlanadi.
Direktor, menejer, o'qituvchi va marketing uchun alohida panellar, ustiga platforma egasi uchun superadmin posti — har kim faqat o'z ishini ko'radi.
Direktor menejer yaratganda 23 ta ruxsatni bittalab yoqadi yoki o'chiradi: o'quvchilar, guruhlar, davomat, to'lovlar, SMS, analitika turlari va boshqalar.
O'quv bo'limi, kassa, reception, marketolog, o'qituvchilar bo'limi, SMS operatori, analitik va bosh menejer — yoki boshqa deb ruxsatlarni o'zingiz belgilaysiz.
Bosh menejer butun markazni, qolgan rollar esa faqat o'z filialining guruhlari, o'quvchilari va to'lovlarini ko'radi.
Direktor filial ochadi, tahrirlaydi va o'chiradi — o'chirilgani savatga tushadi va tiklanadi; o'quvchi, guruh va o'qituvchi uchun ham arxiv bor.
Kirganda tasdiqlash kodi Telegram'ga keladi, shubhali kirish haqida xabar va bu qurilmani bloklash tugmasi yuboriladi.
Direktor o'z hisobiga kim, qachon va qaysi usulda kirganini ko'radi.
Direktor menejer nomidan panelga kirib muammoni o'z ko'zi bilan ko'radi — kim kirgani yozib qo'yiladi, shuning uchun bu kuzatiladigan amal.
Markaz nomi, logotipi, ijtimoiy tarmoqlari va maxfiylik sozlamalari o'zgartiriladi; menejer menyusining tartibi va rang sxemasi esa ish oqimiga moslanadi.
Mavjud bazani Excel shabloni orqali bir marta yuklaysiz — qator-qator xatolik ko'rsatiladi va telefon takrorlanishi tekshiriladi; ro'yxatni Excel'ga qaytarib chiqarish ham mumkin.
Bazaning to'liq nusxasi olinadi, yuklab olinadi, kerak bo'lsa qayta tiklanadi va Telegramga yuboriladi — bu amallar platforma darajasida bajariladi.
Markaz platforma darajasida o'chirilganda nafaqat direktor, balki menejer, o'qituvchi va o'quvchilar ham kira olmaydi — allaqachon berilgan tokenlar ham kesiladi.
Har kim o'z ekranini ko'radi. Quyida panellar va mobil ilovaning asosiy bo'limlari.
Quyidagi sahifalarda modulning haqiqiy ekranlari, ishga tushirish qadamlari va savol-javoblari bor.
Baza, guruhlar, davomat nazorati va to'lov tarixi bitta kartada.
BatafsilO'qituvchilarDars jurnali, natijalar va maoshning avtomatik hisobi.
BatafsilMoliyaQarzdorlar, qisman to'lov, chegirma, qaytarim va chek.
BatafsilTahlilKunlik kassa, oylik tushum-chiqim va filiallar solishtiruvi.
BatafsilAloqaDavomat, to'lov va qarz muddati haqida avtomatik xabar.
BatafsilMotivatsiyaCoin qoidalari, chegirmaga almashtirish va test reytingi.
BatafsilBoshlashRo'yxatdan o'tishdan birinchi hisobotgacha — qadamma-qadam.
BatafsilNarxImkoniyatlar hamma tarifda ochiq, farq faqat hajmda. 30 kunlik bepul sinov bor.
Tariflarni ko'rishEkranni ulashib, aynan sizning markazingiz misolida ko'rsatamiz: guruhlar qanday kiritiladi, qarzdorlar qanday chiqadi, ota-onaga xabar qanday ketadi.