Yangi o'quv yili aksiyasi: 30-sentyabrgacha ro'yxatdan o'tganlarga narx qulflanadi + Excel'dan bepul migratsiya Batafsil →
O'quvchilar

Har bir o'quvchi — bitta kartada

Shartnoma, guruh, davomat, baholar, to'lov tarixi va ota-ona kontakti bitta joyda. Guruhga qo'shish, ko'chirish yoki arxivlash — bir necha bosishda.

manager.educationcrm.uz/groupsMenejer paneli
Guruhlar ro'yxati: ustoz, vaqt, xona va haftalik kunlar

Tizimning haqiqiy ekrani · ma'lumotlar namunaviy markazniki

Nima beradi

Excel'dan import

Mavjud bazani shablon orqali yuklaysiz — qo'lda qayta kiritish shart emas.

Guruh sig'imi

Guruhda nechta joy qolganini ko'rasiz, to'lgani belgilanadi.

To'lov va qarz

Kim to'ladi, kim qarzdor va muddati qachon — o'quvchi kartasida ko'rinadi.

Arxiv

Ketgan o'quvchi o'chirilmaydi, arxivga o'tadi — tarixi saqlanadi.

Qanday ishlaydi

1

Bazani yuklaysiz

Excel fayl yoki qo'lda kiritish; ota-ona telefoni ham shu yerda.

2

Guruhga qo'shasiz

Kurs, o'qituvchi va jadval biriktiriladi; dars kunlari avtomatik yaratiladi.

3

Kundalik ish

Davomat, baho va to'lov kiritiladi — qolganini tizim o'zi hisoblab boradi.

Tez-tez so'raladigan savollar

O'quvchini boshqa guruhga ko'chirsam tarixi yo'qoladimi?+
Yo'q. Ko'chirish tarixi, eski guruhdagi davomat va to'lovlar saqlanib qoladi.
Bir o'quvchi bir necha guruhda bo'la oladimi?+
Ha. Har bir guruh uchun to'lov va davomat alohida yuritiladi.
Ota-ona ma'lumotni ko'ra oladimi?+
Ha — Telegram bot orqali farzandining davomati, bahosi va qarzini ko'radi.
Sinab ko'ring

Bazangizni ko'chirib beramiz

Excel faylni yuborasiz — o'quvchi, guruh va to'lovlarni biz import qilamiz.

30 kun bepul · karta yo'qBoshlash
Savol bormi? Ish kunlari 09:00—20:00