Yangi o'quv yili aksiyasi: 30-sentyabrgacha ro'yxatdan o'tganlarga narx qulflanadi + Excel'dan bepul migratsiya Batafsil →
O'qituvchilar

O'qituvchi natijasi — raqamlarda

Kim ko'proq o'quvchi ushlab qolyapti, kimning guruhida davomat pasayyapti — taxmin qilish o'rniga ko'rasiz. Maosh esa foiz yoki qat'iy stavka bo'yicha o'zi hisoblanadi.

manager.educationcrm.uz/analysis/teachersMenejer paneli
O'qituvchilar reytingi: o'quvchilar soni bo'yicha saralangan ro'yxat

Tizimning haqiqiy ekrani · ma'lumotlar namunaviy markazniki

Nima beradi

Reyting va yuklama

Har bir o'qituvchida nechta guruh va o'quvchi borligi, o'rtacha davomat va baho ko'rinadi.

Maosh avtomatik

To'lovdan foiz yoki qat'iy stavka — tizim o'zi hisoblaydi, avans va balans tarixi saqlanadi.

O'z paneli

O'qituvchi darsda davomat, baho va uy vazifasini bitta jurnalda belgilaydi.

Nazorat izsiz emas

Kim qachon nima o'zgartirgani audit jurnalida qoladi; yopilgan sanani menejer ochadi.

Qanday ishlaydi

1

O'qituvchini qo'shasiz

Guruh biriktirasiz va maosh turini tanlaysiz: to'lovdan foiz yoki oylik stavka.

2

U darsda ishlaydi

Telefon yoki kompyuterdan davomat oladi, baho qo'yadi, uy vazifasini belgilaydi.

3

Oy oxirida hisob tayyor

Maosh, ulush va to'lanmagan qismi hisoblab qo'yiladi — qo'lda sanash kerak emas.

Tez-tez so'raladigan savollar

O'qituvchi boshqa guruh ma'lumotini ko'radimi?+
Yo'q. U faqat o'ziga biriktirilgan guruhlarni va o'z maoshini ko'radi.
Maosh foizi har xil bo'lsa-chi?+
Har bir o'qituvchi uchun alohida foiz yoki stavka belgilanadi, hisob shunga qarab yuritiladi.
Davomatni keyin o'zgartirish mumkinmi?+
Sana yopilgach o'qituvchi o'zgartira olmaydi — menejer ruxsati kerak. Har bir o'zgarish jurnalda qoladi.
Sinab ko'ring

O'qituvchilar bilan ishlashni tartibga soling

Guruhlar va maosh shartlarini kiritamiz — birinchi oy hisobini tizim o'zi chiqaradi.

30 kun bepul · karta yo'qBoshlash
Savol bormi? Ish kunlari 09:00—20:00